Главная » Janubiy Koreyada boshpana va ovqat uchun atayin qamoqxonaga tushayotgan keksalar soni ko‘paymoqda
(

Janubiy Koreyada nochor keksalar issiq boshpana va oziq-ovqat ta’minlangan qamoqxonalarga jo‘natishlari uchun atayin jinoyatlar sodir etmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat tarixida birinchi marta yoshi 60 dan o‘tgan kishilar soni jami mahbuslarning 10 foizidan oshib ketdi. Ular Janubiy Koreyada qayd etilgan barcha jinoyatlarning 9 foizini amalga oshirgan.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, jinoyatlar keksa kishilar iqtisodiy qiyinchilikka duch kelayotgani bilangina bog‘liq emas: 60 yoshdan o‘tganlar mamlakat aholining salkam 20 foizini tashkil etmoqda, shu sababli mahbuslar safida keksalar ko‘paymoqda. Shu bilan birga, vazirlik vakillari ularning ko‘pchiligi qamoqxonaga o‘z istagi bilan tushayotganini tan oldi. Qariyalarning aksariyati hatto ozod etilganidan so‘ng ham davlat boshpana, ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlaydigan panjara ortiga intiladi.

Yaqingacha Janubiy Koreyada pensiya tizimi mavjud emasdi. Keksaligi uchun mablag‘ jamg‘armagan yoki yaqinlari qaysidir sababga ko‘ra yordam ko‘rsatmaydigan qariyalarga davlat tomonidan har oyda 200—300 dollar atrofida nafaqa beriladi. Bu pullar Koreyada oziq-ovqatga ham yetib-yetmaydi.
Просмотров (157)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar