Главная » Jasur Umirov: “Kelajakda kamida 5 ta farzandim bo`ladi”
(

Xonanda Jasur Umirov “Darakchi” gazetasining “Qisqa va lo`nda” loyihasida ishtirok etdi.

“Odamlardagi soxtalik, yolg`onchilikni yoqtirmayman. Bu odatlar insonlar o`rtasiga sovuqchilik tushiradi”,—deydi xonanda.

Jasur Umirov oilasini qanday tasavvur qilishi haqidagi savolga esa quyidagicha javob berdi:

“Oilamning suratini xayolimda gavdalantirganimda ko`p bolali bo`lish ko`z o`ngimdan o`tadi. Farzandlarim kamida 4-5 ta bo`lishi aniq. Chunki uyda bolalarning qiy-chuv qilib, yugurib yurishini yaxshi ko`raman. Turmush o`rtog`im esa, bolalarning tarbiyasi bilan band bo`ladi. Ishlamaydi (kuladi)”.

Jasur Umirov ishtirokidagi “Qisqa va lo`nda” loyihasining to`liq talqinini “Darakchi” gazetasining payshanba kuni sotuvga chiqadigan 39-sonida o`qishingiz mumkin.
Просмотров (101)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar