Главная » Javohir Zokirov: “Mehmonxona” serialining davomi men uchun yozilgan ssenariy asosida suratga olinmoqda
(

Aktyor Javohir Zokirov “Mehmonxona” serialining yangi faslida suratga tushmoqda. Aktyorning serialdagi ishtiroki haqida batafsil ma’lumot olish maqsadida jurnalist Feruz Muhammad Javohir Zokirov bilan suhbat uyushtirdi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaringizda “Mehmonxona” serialining davomini suratga olish ishlaridan fotolavhalar e’lon qilgan ekansiz. Serialda qaysi rolni ijro etayapsiz?
— “Mehmonxona” serialining davomi aynan men uchun yozilgan ssenariy asosida suratga olinmoqda. Ssenariy Nurilla Abbosxon va Akram Isoqov tomonidan yozilgan. Serial juda ham ko‘p jangari sahnalardan iborat bo‘lib, ekshn janrida suratga olinmoqda. Bugungi kunda Gollivudda faoliyat yuritayotgan Ahmad Bek (Ahmad Berdimurodov) ham serialda suratga tushyapti. Suratga olish ishlari O‘zbekistondan tashqari Dubayda ham bo‘lib o‘tadi. Jamoamiz o‘z ishining ustalaridan tashkil topgan, serial tayyor bo‘lgandan so‘ng muxlislarimizning o‘zi ham bunga amin bo‘ladi.

— Rossiya televideniyesi uchun suratga olinayotgan “Oltin O‘rda” tarixiy serialida Munajjim rolini ijro etayotganingiz haqida ma’lumot bergan edingiz. Bu serial qachon ekran yuzini ko‘radi?
— Menimcha, “Oltin O‘rda” 2017-yilda ekranlarga chiqsa kerak.

— Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asari asosida sahnalashtirilgan spektaklda rol ijro etayotganingiz haqida ham aytgandingiz, lekin spektakl taqdimotida sizni ko‘rmadik.
— “Yulduzli tunlar” spektakliga juda qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilgan edi. Chet eldagi syomkalarim tufayli spektakldagi rolimni o‘ynay olmadim.
Просмотров (187)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar