Главная » JCH-2018 saralashi. Saudiya Arabistoni bu safar ikkita penalti tufayli Iroqni mag'lub etdi
(JCH-2018 saralashi. Saudiya Arabistoni bu safar ikkita penalti tufayli Iroqni mag'lub etdi



Malayziyada Iroq va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida Muhannad Abdulrahim Iroqni hisobda oldinga olib chiqdi.

O'yin tugab borayotganda Saudiya Arabistoni terma jamoasi ikkita penalti tepish huquqini qo'lga kiritdi. Navaf Al Abid ikki marta penaltidan gol urib jamoasiga irodali g'alabani keltirdi - 2:1.

Eslatib o'tamiz, birinchi turda Saudiya Arabistoni Tailand bilan o'ynagan. O'shanda yagona golni 84-daqiqada penaltidan Navaf Al Abid urgandi.

Iroq - Saudiya Arabistoni 1:2
Gollar: Muhannad Abdulrahim 18 - Navaf Al Abid 81 penalti, 88 penalti

Bosh hakam: Hamis Al Marri (Qatar)

Iroq: Muhammad Hamid, Ahmad Xalaf, Durgam Ismoil, Saad Natiq, Alaa Ali Mhavi, Ahmad Yosin, Alaa Abdul Zahro (Ali Abbos, 65), Saad Abdulamir, Jastin Meram (Ali Adnan, 81), Mahdi Kamil (Ali Fayoz, 73), Muhannad Abdulrahim

Saudiya Arabistoni: Yosir Al Musaylim, Osama Xavsavi, Mansur Al Xarbi, Hassan Fallatah, Omar Xavsavi, Taysir Al Jassim, Abdulmalik Al Haybari (Abdulaziz Al Jebrin, 69), Yahyo Al SHehri (Fahad Al Muvallad, 46), Navaf Al Abid, Salmon Al Faraj, Naif Hazazi, Muhammad Al Sahlavi.
Просмотров (105)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar