Главная » JCh–2018 saralashining uchinchi bosqichi “A” guruhi prevyusi
(1 sentyabr kuni Rossiyada bo`lib o`tadigan Jahon chempionati–2018 turniriga Osiyo mintaqasidan saralashning uchinchi bosqichiga start beriladi. Ana shu munosabat bilan OFK rasmiy sayti JCh–2018 turniriga saralashning 3-bosqichi “A” guruhi prevyusini taqdim qildi, deya ma`lum qiladi O`FF matbuot xizmati.

“A” guruhida O`zbekiston milliy terma jamoasi bilan bir qatorda Eron, Janubiy Koreya, Qatar, Xitoy va Suriya termalari joy olgan.

O`zbekiston – Suriya

O`zbekiston terma jamoasi saralashning ikkinchi bosqichida safarda Shimoliy Koreyadan 2:4 hisobida engilganidan so`ng Mirjalol Qosimov iste`foga chiqib, uning o`rnini Samvel Babayan egalladi. Babayanning qo`li ostida O`zbekiston terma jamoasi qatorasiga ettita o`yinda g`alaba qozonib, “H” guruhini 1-o`rin bilan yakunladi.

Suriya terma jamoasining uchinchi saralash bosqichiga chiqishi kichik sensasiyaga aylandi. Ikkinchi saralash bosqichida Afg`oniston, Kamboja va Singapurni har ikki o`yinda mag`lubiyatga uchratgan Suriya “E” guruhida faqatgina Yaponiya to`sig`idan o`ta olmadi va ikkinchi o`rin bilan keyingi bosqichga yo`l oldi. Suriya terma jamoasi birinchi marta Jahon chempionatiga saralashning final bosqichida ishtirok etadi.

Eron – Qatar

Ikkinchi saralash bosqiching birinchi yarmini ishonchsiz boshlagan Eron terma jamoasi ikkita durang qayd etib, o`zi uchun biroz ajablanarli natija qayd etdi. Ammo ikkinchi yarmida eronliklar ketma-ket to`rtta g`alabaga erishib, raqiblar darvozasiga 15 ta gol kiritgan bo`lsa, o`z darvozalaridan atigi bitta to`p olib chiqdi. Eron terma jamoasi “D” guruhida 2-o`rinda borayotgan Ummon termasidan 6 ochkolik farq bilan peshqadamlik qilib, uchinchi saralash bosqichiga chiqdi. 1978-yili Argentina o`tkazilgan Jahon chempionatida debyut qilgan Eron terma jamoasi keyinchalik 1998-yili Fransiyada, 2006-yili Germaniyada bo`lib o`tgan mundialda ham ishtirok etgan.

Qatar terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichini Maldivga qarshi o`yinning hakam tomonidan qo`shib berilgan daqiqalarida kiritilgan gol evaziga erishilgan g`alaba bilan boshladi. JCh–2022 mezboni hisoblangan Qatar terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari yakunlanishiga ikki tur qolganida “S” guruhida 1-o`rinni naqd qilib, Osiyo mamlakatlari orasida birinchi bo`lib saralashning final bosqichiga yo`l olgandi.



Janubiy Koreya – Xitoy

Janubiy Koreya terma jamoasi ikkinchi saralash bosqichidan o`rin olgan barcha uchrashuvlarda g`alabaga erishib, 24 ta gol kiritgan va biror marta ham o`z davrozasidan gol olib chiqmagan holda “G” guruhidan 100 foizlik natija bilan saralashnirng final bosqichiga yo`l oldi. Janubiy Koreya termasi 1954-yili Shveysariyadagi Jahon chempionatida debyut qilgan. 1986-yili Meksikodagi Jahon chempionatidan boshlab Janubiy Koreya termasi barcha mundiallarda ishtirok etib kelmoqda. 2002-yilda Yaponiya bilan birgalikda JChga mezbonlik qilgan Janubiy Koreya musobaqaning yarim finaliga qadar etib borgan.

Ikkinchi saralash bosqichining so`nggi turida KXDR, Iordaniya va Ummon terma jamoalarining o`z guruhida mag`lubiyatga uchrashi Xitoy terma jamoasining 2-o`rinni olgan eng yaxshi to`rtta jamoalaridan biri bo`lishiga zamin yaratdi. Xitoy terma jamoasining o`ntadan faqat bitta saralash bosqichidagi ishtiroki omadsiz yakunlangan. 2002-yilda esa Xitoy JChda o`z debyutini o`tkazib, guruh bosqichida Kosta-Rika, Braziliya va Turkiyaga mag`lub bo`lgan.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston milliy terma jamoasi 1 sentyabr kuni saralashning uchinchi bosqichi dastlabki o`yinlari doiarsida Toshkentda Suriya terma jaomasini qabul qiladi. 6 sentyabr kuni esa safarda Qatarga qarshi o`yin o`tkazadi.
Просмотров (103)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar