Главная » Jeki Chan kinematografga qo‘shgan ulkan hissasi uchun faxriy “Oskar”ga sazovor bo‘ldi
(

Jeki Chan 12-noyabr, shanba kuni kinematografga qo‘shgan ulkan hissasi uchun faxriy “Oskar”ga sazovor bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Los-Anjelesdagi Hollywood and Highland Center ko‘ngilochar maskanida bo‘lib o‘tgan marosimda sharq yakkakurashlari ustasi kinodagi uzoq yillik faoliyatiga qaramay, mazkur nufuzli mukofotni olishga umid qilmaganini bildirdi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Jeki Chan hozirda dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyorlari ro‘yxatida 61 million dollar bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Jeki Chandan tashqari, faxriy “Oskar” bu yil amerikalik hujjatli filmlar rejissori Frederik Vaysman, kasting-direktor Linn Stalmaster, shuningdek, britaniyalik montajchi ayol Enn Koutsga nasib etdi.

Oldinlari mazkur mukofot “Oskar”ning asosiy marosimi chog‘ida topshirilardi. Biroq keyinchalik uning ahamiyatini alohida ta’kidlash uchun maxsus kecha tashkil etiladigan bo‘ldi. Turli yillarda faxriy “Oskar”ga Fred Aster, Lourens Olive, Sofi Loren, Robert Redford, Kirk Duglas, Piter O’Tul va boshqa ko‘plab yulduzlar sazovor bo‘lgan.
Просмотров (93)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar