Главная » Jennifer Lopesdan 8 maslahat
(

1. Yuzingizni yuvib bo`lishingiz bilan yumshatuvchi kremlarni surting. Chunki yuz terisi yuvilganidan 60 soniya o`tiboq qurishni boshlaydi.

2. Epilyasiya muolajasidan avval suyuqlik ichmang. Bu muolajadan oldin ichilgan bir stakan suv ham jarayonning og`riqli kechishiga olib keladi.

3. Hafzalarda cho`milishdan oldin sochlaringizni mineral suv bilan namlang. Shunda tuzlar va xlor sochlarga zarar etkaza olmaydi.

4. Tonal kremini yuzga barmoqlaringizning uchida surtganingiz ma`qul. Juda bo`lmaganda, qalin sponj yoki mo`yqalamdan foydalaning. Aslo paxtali tamponchalardan emas. Chunki paxta tonal kremi tarkibidagi hamma namlikni shimib olib, yuz teringizga hech narsa qoldirmaydi.

5. Agar yuz terisi qurib, qichishish paydo bo`lsa, qazg`oqqa qarshi shampun bilan yuzni yuving. Shampun tarkibidagi rux moddasi yuzdagi noxushliklardan bartaraf etadi.

6. Bayramona turmaklardan so`ng sochlarni shampunga bir qoshiq iste`mol sodasidan qo`shib yuving. Bu usul sochlarni tozalab, unga jozibali ko`rinish beradi.

7. Tishlarni nonushtadan oldin yuving. Tishlarni nonushtadan keyin yuvgan ayollardan ko`ra tishlarni nonushtadan oldin yuvgan ayollarning yuz terisi sog`lom va go`zal ko`rinadi. Tuni bilan og`izda yig`ilgan bakteriyalardan, albatta, xalos bo`ling.

8. Cho`milganda ham, suv ichganda ham faqat iliq, xona haroratidagi suvdan foydalaning. Bu teringiz quruqshab qolishining oldini oladi.
Просмотров (110)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar