Главная » Jin tegishidan qanday saqlansa bo`ladi?
(

Men kechqurun ko`p bosinqirayman. Tushimda g`alati odamlarni, xunuk ayollarni ko`raman. Jinlar bo`lsa kerak, ustimga kelib, ko`ksimni bosishadi, bo`g`ishadi. Qo`rqib uyg`onib ketaman. Keyin Qur`on o`qiyman. Bunday narsalar bo`lmasligi uchun nima qilish kerak?



Savolga Toshkent shahar, Shayxontohur tuman bosh imom xatibi, «Shayx Zayniddin» jome masjidi imom xatibi Odilxon qori YuNUSXON o`g`li javob beradi.



— Jin tegishi Qur`oni karim va hadisi shariflar bilan sobit bo`lgan. Jin tegishi xayoliy yo to`qima narsa emas, haqiqatdir. Banda jinlar zararidan saqlanishi uchun ibodatlarni vaqtida bajarishi kerak. Xususan, namoz o`qigan inson Allohning panohida bo`ladi. Keyin ozoda yurishga harakat qiling. Hadisda teshikka bavl qilishdan qaytarilgan. Qolaversa, hammomda bavl qilishdan ehtiyot bo`linadi. Chunki, bu vasvasaga sababdir. Yana zikr, duo va salavotlar Allohning izni bilan bandani turli shikast-balolardan saqlaydi. Hadisi shariflarda Oyatul kursiyni o`qigan odam shayton va jinlar zararidan mukammal himoyalanishi aytilgan. Sizga maslahatimiz, uyqudan oldin Oyatul kursiy, Kofirun, Ixlos, Falaq va Nos suralarini o`qing, duo qiling, zikr-tasbehlar ayting.
Просмотров (130)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar