Главная » Jizzaxda so‘nggi bir sutkada Toshkentdagidan uch barobar kuchliroq shamollar kuzatildi
(

3-noyabr kuni kunduzi va 4-noyabrga o‘tar kechasi qariyb butun O‘zbekiston bo‘ylab shamolning tezligi kuchayishi kuzatildi, deya xabar bermoqda (.pdf) “O‘zgidromet” markazi.
Xabar berishlaricha, qayd etilgan sanalarda mamlakat bo‘yicha eng kuchli shamollar Jizzax viloyatida kuzatilgan. Xususan, viloyat ma’muriy markazi Jizzax shahrida shamolning tezligi soniyasiga 40 metrga yetgan.

Taqqoslash uchun, shu kuni Toshkentda shamolning tezligi soniyasiga 13 metrni, Termizda 25 metrni, Qo‘qonda esa 27 metrni tashkil etgan.

Qo‘shimcha qilishlaricha, 3-noyabr kuni kunduzi Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan boshqa barcha hududlarda yomg‘ir yoqqan, Ustyurtda, tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylangan.

4-noyabrga o‘tar kechasi yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatilgan, faqat Toshkent viloyatining ayrim hududlari va Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘ib, tog‘larda qor yog‘ishi qayd etilgan.
Просмотров (81)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar