Главная » Jon Lennon Pol Makkartniga yo‘llagan maktub kimoshdi savdosida 30 ming dollarga sotildi
(

Jon Lennon tomonidan The Beatles guruhi tarqalib ketganidan so‘ng Pol Makkartniga yo‘llangan g‘azabli ruhdagi maktub kimoshdi savdosida 30 ming dollarga sotildi. Uni dallaslik nomi oshkor etilmagan kolleksiyachi xarid qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.

Maktub yozuv mashinkasida yozilgan va muallif tomonidan qo‘lda o‘zgartirish kiritilgan ikki varaq matndan iborat. Unda Lennon Makkartnilar juftligi, shuningdek, boshqa “mehribon va xudbin bo‘lmagan do‘stlarning” u va xotini Yoko Onoga munosabatidan norozilik bildirgan.

Lennon ushbu xatni 1971-yilda, xonanda guruhdan ketishini oshkora e’lon qilmaganidan achchiqlangan Pol Makkartnining turmush o‘rtog‘i Linda bitgan maktubga javoban yozgani taxmin qilinadi.
Просмотров (41)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar