Главная » Kamar taqing, bu hayotingingizni saqlab qolishi mumkin”. Gonkong politsiyachilari ishlagan klip Facebook’da bir milliondan ortiq marta ko‘ri
(

Gonkong politsiyachilari internetda xit darajasiga ko‘tarilgan The Story Of Pen Pineapple Apple Pen qo‘shig‘iga o‘xshatma klip oldi.
Huquq-tartibot xodimlari klip uchun asos sifatida qo‘shiq mazmunini oldi va undagi so‘zlarni “kamar” (belt) va “to‘qa”ga (buckle) almashtirib, ularni birlashtirish va taqib olishni (buckle up) taklif etdi.

“Kamar taqing, bu hayotingizni saqlab qolishi mumkin”, — deyiladi rolik yakunida.

Video 28-sentabr, chorshanba kuni Gonkong politsiyasining Facebook’dagi sahifasida e’lon qilindi va ikki kun mobaynida bir milliondan ortiq marta ko‘rildi
Ma’lumot uchun, yaponiyalik ijrochi Piko-Taroning The Story Of Pen Pineapple Apple Pen qo‘shig‘iga olingan original klip Facebook’ning o‘zida kamida 60 million marta tomosha qilingan.
Просмотров (57)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar