Главная » Kambag`al oiladan chiqqan mashhur 10 yulduz
(

Bu mashhur yulduzlar agar odam istasa, muhtojlikdan qutulib, farovon hayotga eirishi mumkinligini isbotladi, deb xabar beradi “Topfact.su” nashri.

1. Selena Gomes
Selena Gomes tug`ilganda uning otasi 17, onasi esa 16 yoshda bo`lgan. Selena 5 yoshga to`lganda ota-onasi ajrashib ketadi. U onasi bilan qoladi. Selenaning onasi qizini hech narsaga muhtoj qilmay o`stirishga harakat qiladi. “Onam uchta joyda ishlaganiga qaramay, meni konsertga, muzeyga olib borishga vaqt topardi. U mening baxtim uchun hamma narsadan voz kechdi!”, deydi Selena.

2. Leyton Mister
Leytonning ota-onasi Yamaykadan AQShga giyohvandlik moddasi tashish bilan shug`ullangan. Leyton Texas qamoqxonasida dunyoga kelgan. Onasi 10 yilga qamoq jazosiga hukm qilinganiga qaramay, muddatidan ilgari ozod etilgan. Leyton Mister onasining qora o`tmishiga qaramay, uni juda yaxshi ko`radi va har bir inson xato qilishi mumkin, deb hisoblaydi.

3. Tom Kruz
Tomning otasi 4 farzandini tez-tez urib turardi. “Otamning aytganini qilmasak savalardi. Hattoki yaxshi kayfiyatda bo`lsa ham otamdan hayiqardik”, deydi Tom. Onasi 4 ta joyda ishlasa ham topgani ro`zg`orga urvoq bo`lmagan. Ularning oilasi yaxshiroq ish topish maqsadida doimo ko`chib yurgan. Shuning uchun Tom 15 ta maktabda o`qishga majbur bo`lgan.

4. Niki Minaj
Niki Minajning aslida ismi Onika Tanya Marajdir. U Trinidadda tug`ilgan. Niki 5 yoshga to`lganda ota-onasi hayotlarini yo`lga qo`yish maqsadida Nyu-Yorkka ketishadi, u buvisining qo`lida qoladi. Ota-onasining oldiga ko`chib o`tgan kunni u eng og`ir kun, deb hisoblaydi. Ota-onasining bir-biriga bo`lgan munosabati uning ruhiyatiga salbiy ta`sir ko`rsatgan. Otasi spirtli ichimlik, giyohvandlik moddasi iste`mol qilib, onasini va uni tez-tez kaltaklab turgan.

5. Jennifer Lopes
Jey Lo Nyu-Yorkning eng xavfli tumani bo`lgan Bronksda, ingliz tilini yaxshi bilmaydigan puertorikalik Gvadelupa Rodriges va Devid Lopeslar oilasida dunyoga kelgan. Ota-onasi Jeyni opasi Jen bilan birgalikda raqs mashg`ulotiga bergan. Ular uyda konsert qo`yib bergani uchun ota-onasi tomondan taqdirlangan. Bunday ko`ngilxushliklar barcha iqtisodiy muammolarni unutishga yordam bergan.

6. Eminem
Eminem dunyoga kelganda onasi 17 yoshda bo`lgan. Shundan keyin farzandini bag`riga bosgancha mamlakat bo`ylab, yaxshi ish, yangi hayot boshlash uchun ko`chib yurgan. Eminem mashhur bo`lgandan keyin onasi bilan aloqani uzib, u haqda bo`lmag`ur gaplarni yozadigan bo`ldi.

7. Vera Brejneva
Veraning onasi farrosh bo`lib ishlagan, otasi esa avtofalokatdan keyin nogiron bo`lib qolgan. “Kunning birinchi yarmida o`qirdim, tushdan keyin esa qahvaxonada idish yuvardim. Ba`zida enagalik qilganim uchun darsdan qolishga ham majbur bo`lardim”, deydi Vera o`tmishini eslab. Maktabga har doim bitta kiyimda borgani uchun sinfdoshlari doimo ustidan kulib, mazax qilgan.

8. Sara Jessika Parker
“Men qashshoqlik nimaligini yaxshi bilaman. Bu narsa o`zimning ham boshimdan o`tgan. Bolaligimda elektr haqini to`lay olmaganimiz uchun tez-tez chiroq o`chib, qorong`ida o`tirishimizga to`g`ri kelardi. Biz uchun bir yilga atigi 2 dona poyafzal va 99 sentdan qimmat bo`lmagan ko`ylak sotib olinardi. Balki shuning uchun ham mening pulga bo`lgan munosabatim boshqachadir. Qo`limga pul tushgan zahoti uni ishlatmay, biror kunimga yaraydi, deb ishlatmaslikka, yig`ishga harakat qilaman. Ularning oilasida 8 farzand bo`lib, onasi o`qituvchi, otasi esa yuk mashinasi haydovchisi bo`lgan.

9. Leonardo Di Kaprio
“Biz xuddi “Taksichi” filmi qahramonlari kabi yashaganmiz. Ko`chamizning muyulishida fohishalar turar, chor-atrofni jinoyat va zo`ravonlik egallagan edi”, deb xotirlaydi aktyor. Onasi o`g`lining farovon hayot kechirishi uchun bir vaqtning o`zida bir necha joyda ishlagan.

10. Jey Zi
Jey Zi Bruklinda voyaga etgan. Uning onasi 4 farzandni yolg`iz voyaga etkazganligi tufayli, oilani boqish maqsadida tinimsiz mehnat qilishga majbur bo`lgan. “Chiroqning pulini to`lasak, gazga, gazning pulini to`lasak, telefonning haqini to`lashga pul topolmasdik. Maktabda esa egnimizdagi eski kiyim va eyilib ketgan poyabzalimizdan juda uyalar edik. Onam esa sehrgar kabi kiyimlarimizni yamab, butun qilib berishdan charchamasdi”, deb eslaydi reper.
Просмотров (954)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar