Главная » Kamilla barchani yangi “Yangi yil” klipida ishtirok etish uchun taklif qildi
(

O`zining “Endi sevmaganday”, “Illyuziya” kabi taronalari bilan muxlislari qalbidan joy olgan va ijodida biroz tanaffus olgan xonanda Kamilla yana ijodga qo`l urdi.

U Yangi yil bayrami arafasida o`zining yangi “Noviy god” qo`shig`ini taqdim etdi. Xonanda mazkur klipda ishtirok etish uchun barchaga birday imkon borligini ma`lum qildi.

“Tanlov e`lon qilaman. “Noviy god” taronasiga selfi yoki video suratga oling - kuylang, raqsga tushing, quvoning, archa yasating, mashina haydang, sayr qiling... Qaerdaligini ahamiyati yo`q, ishda, maktabda, ko`chada, kasalxonada, mashinada, institut yoki do`konda... Kim bilanligi ham ahamiyatsiz, do`stlar, yaqinlar, hayvonlar, oddiy o`tkinchilar... Eng asosiysi videoni gorizontal holatda suratga oling. Siz yuborgan videoni yangi klipga qo`shishdan hursand bo`laman. Videoni kamilla@pomidor.uz elektron manziliga yuborasiz. Intizorlik bilan kutaman”, deb yozadi Kamilla.
Просмотров (184)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar