Главная » Kechki Toshkent qor og'ushida
(

Qish fasli kirib kelishiga bir necha kun qolganda yurtimizda uning ko'rki bo'lgan oppoq qor yog'moqda. Ko'chalar, daraxtlar oppoq libosga burkangan. Poklik ramzi hisoblanmish oppoqqina qor kechki Toshkentni o'z og'ushiga olgan. Tabiat ham bu poklik ila o'zida yig'ilib qolgan g'uborlardan forig' bo'lmoqda. Bu qorni ko'rib nogoh bolalikdagi sho'xliklar yodingga tushib ketadi: qo'lqoplar, etiklar jiqqa suv bo'lguncha, qo'llar sovuqdan qizarib, hech narsani sezmaydigan darajaga kelguncha do'stlar bilan qorbo'ron o'ynash, qorbobolar yasash, sirpanchiqlar uchish. Ha, buning o'zgacha gashti bor.





Просмотров (95)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar