Главная » KO`RISH QOBILIYATINGIZ PAND BERAYAPTIMI?
(

Chernika

Bu o`rmon mevasi ko`zni ravshan qilishda eng yaxshi vosita sanaladi. Chernika ko`z to`r pardasida qon aylanashini yaxshilaydi, ko`zdagi zo`riqishni engillashtirib, ko`rquv nervidagi siqilish (spazm)ni bartaraf etadi. Chernika mevasining quritilganini dorixonalardan topsa bo`ladi. So`ng yo`riqnomasiga qarab, tayyorlaysiz.

Sabzi

Blefarit, kon`yuktivit, yaqinni xira ko`rish, shuningdek, ko`zdagi og`riqlarda sabzi va uning sharbati g`oyat foydali. Ushbu poliz ekini ko`z faoliyatining yoshga doir xastaliklarida profilaktika vazifasini o`taydi. Shifo bo`lishi uchun salatga qo`shib iste`mol qilish yoki sharbatini ichish lozim.

Barra ko`katlar

Petrushka, shivit, selderey, ko`k piyozni deyarli barcha taomlarga qo`shib iste`mol qilish kerak. Tarkibidagi vitamin va minerallar ko`rish qobiliyatining xiralashuvidan asraydi.

Asal va achchiq choy

Ko`zdagi qichishishlarda achchiq damlangan qora choy bilan tozalab olish tavsiya etilishini bilasiz. Yangi damlangan qora (achchiqroq bo`lsin) choyga ta`bga ko`ra asal aralashtirib, uyqudan oldin ichib yotish ko`zdagi toliqishni engillashtiradi.

Aloe sharbati

1-2 tomchi aloe sharbatini teng miqdorda suv bilan aralashtirib, ko`zni chayishda qo`llasa bo`ladi. Bunda steril paxtadan foydalanishni unutmang.

Qirqbo`g`in

Ko`z uchishida qirqbo`g`indan tayyorlangan qaynatma bilan ko`zni artib turish foyda beradi, deyishadi. 1 osh qoshiq qirqbo`g`inni 1 stakan suvga aralashtirib, 30 daqiqa o`rta olovda qaynatib oling. So`ng dokadan o`tkazib, ko`zni chayishda foydalanasiz.

Boyarishnik

Yaqinni xira ko`rishda boyarishnikdan tayyorlangan damlama yordam beradi. Buning uchun 1 choy qoshiq boyarishnikning quritilgan mevasini 1 stakan qaynagan suvga damlang. So`ng asal bilan aralashtiring. Aralashmani uchga bo`lib, bir kunda 3 mahal qabul qilasiz.

Na`matak mevasi

Ko`rish qobiliyatini tiklashda na`matak mevasidan tayyorlangan damlama juda foydali. Na`matakni har kuni suyuqlik o`rnida ichsa ham bo`ladi
Просмотров (105)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar