Главная » Kolumbiya prezidentiga Nobel mukofoti topshirildi
(

Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos hukumat va FARC jangarilari orasidagi ellikdan ortiq nizoni tinch yo`l bilan hal etgani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo`ldi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

2 oktyabr kuni Kolumbiyada hukumat va FARC jangarlari o`rtasida sulh tuzish yuzasidan referendum bo`lib o`tdi, 50,21 % ovoz bilan tomonlar bitimga kelgan. Ilgari e`lon qilingan Kolumbiya armiyasi va FARC jangarilari o`rtasida o`q ochishni to`xtatish haqidagi kelishuv o`z kuchini yo`qotmagan.

Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos va guruh rahbari Timoleon Ximeneslar sentyabr oyi oxirida tinchlik yo`li bilan tuzilgan bitimga imzo chekishgan. Bu bitimda og`ir harbiy jinoyatlarni amalga oshirganlar, sobiq jangarilarga amnistiya qo`llash ham ko`zda tutilgan.
Просмотров (79)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar