Главная » Kompyuter nega qotib ishlaydi? Qanday tezlatish mumkin?
(Kompyuteringiz sekin ishlab, yuragingizni siqib yubordimi? Uni sindirib tashlagingiz kelyaptimi? Biroz shoshmang! Uni tezlatish mumkin. Bugun Gooper.uz‘da kompyuterni qanday tezlatish va «qotish» sabablari haqida ma’lumot beramiz.

Harorat

Odatda foydalanuvchilar kompyuter protsessorining harorati bilan qiziqmaydilar. Buni bilishning bir yo’li — radiatorni ushlab ko’rsangiz bo’ladi, ammo biz buni sizga tavsiya etmaymiz, chunki natijada qo’lingizni kuydirib olishingiz yoki tok urishi mumkin. Xavfsiz yo’l — mahsus ilovani (dastur) kompyuteringizga o’rnatib oling, masalan «Everest». Uni ishga tushiring, «kompyuter» tugmachasini tanlang, so’ngra «datchik». Agarda kompyuter protsessorining harorati 50 dan yuqori bo’lsa, muammoni yo’qotish kerak. Ventilyatorlarning ishini tekshiring, radiatorni puflang, bundan tashqari — radiatorni yechib, protsessorga, yillar davomida qurib ketgan, mahsus termopastani surting.

Reestr

Ko’p programmalarni o’rnatib, o’chirib yuborish yaxshi emas. Afsuski, programmlarni o’chirsangiz xam xali bu ular kompyuteringizdan to’liq o’chib ketdi degani emas. Bu esa kompyuter protsessorini oshiqcha yuklashdir. «CCleaner» programmasidan foydalaning va bu keraksiz, oshiqcha yukdan xalos bo’ling. Bu programma bilan ishlash qiyin emas.

«Moy kompyuter» ni sichqonchaning o’ng tugmachasi bilan bosamiz, sungra «svoystva» — «dopolnitelno» — «bstrodeystvie» — «parametr» — «dopolnitelno» — «virtualnaya pamyat» — «izmenit» — «osoby razmer», taxminan 1 500 – 2 000 belgilang, so’ngra bir necha marta «OK» va xammayoq tayyor. Kompyuteringiz ortiq qotmaydi va o’yinlar xam tez ishlaydi.

Avto ishga tushirish

Kompyuteringiz xotirasini ko’plab ishga tushirilgan programmalar yeb qo’yadi. Ko’plab programmalarni o’rnatish jarayonida, ular avtoyuklashga qo’shilib qoladi — masalan ICQ, Torrent va xkz. «Pusk»ga kiring, sungra «vipolnit», msconfig deb yozing. Paydo bo’lgan oynada «avtozagruzka»ni tanlang. Bu yerdagi xamma ptichkalarni olib tashlaymiz, ammo albatta «ctfmon» va antivirusingizda qoldiring. Keyin «primenit»ni yozamiz, so’nrga «ok» va «perezagruzka»



Tizim qattiq diskining to’lib ketganligi. Lokalniy disk «C» tizimi qattiq disklarining biri hisoblanadi va odatda 20-30 gb kattaligda buladi. Ba’zi odamlar esa katta fayllar va kinolarni ishchi stolda saqlaydilar, ammo ishchi stoldagi barcha narsalar, S diskida xam joy egallaydi. Katta ko’lamdagi fayllarni boshqa disklarda saqlang.

Viruslar

«Salitlar» kabi viruslar programmalar ishini sekinlashtiradi. Antivirusingiz «uxlab kolmagani»ga ishonch hosil qiling. U doimo ishlab va yangilanib turishi xam lozim. Bepulga «Drwebcruit»dan tekshirishingiz mumkin.

Ushbu holatlarga e’tiborli bo’lsangiz kompyuteringiz «forsaj»dek uchadi!
Просмотров (123)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar