Главная » Krishtianu Ronaldu: Messi yulduz. Menga uning o‘yinlarini ko‘rish yoqadi
(
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi finali oldidan Messi haqida ijobiy fikrlar bildirdi. Bu haqda “Sports.ru” Krishtianuning FOX Sports Argentina’ga bergan intervyusiga tayanib ma’lumot taqdim etdi.Ha, Messi menga yoqadi. Men yaxshi futbolchilar ishtirokidagi o‘yinlarni tomosha qilaman, Messi esa ulardan biri. U yulduz va namoyish qiladigan futboli zavqli.

Qanday qilib menga yomonlik qilmagan odamni yomon ko‘rishim mumkin?! Messidan men haqimda so‘raganlarida ham faqat yaxshi gaplarni aytgan. Chunki o‘rtamizda iliq munosabat bor, bir-birimizni hurmat qilamiz. Bizni hayotda ham raqiblardek ko‘rsatish OAVning ishi. Ahir ular ham biznes qilishi kerak.

To‘g‘ri, biz Messi bilan do‘st emasmiz, u bilan tushlik qilmaymiz. Biroq bir-birimizni hurmat qilamiz. U menga dushman emas, balki hamkasb. Messi bilan so‘nggi o‘n yil davomida bir qator taqdirlash marosimlarida birga ishtirok etganimiz ham aloqalarimizni yaxshilaydi.
Просмотров (1500)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar