Главная » Kumush Razzoqova: Estradamizda biror qo‘shiq 10—15 yil yashayotganini bilmayman
(Xonanda Kumush Razzoqovaning junalist Nargiza Murodovaga bergan intervyusida o‘zbek va dunyo estradasiga tanqidiy nigoh tashladi. Bu haqda “Diydor aziz” nashri ma’lum qildi.



Bugungi dunyo va o‘zbek estradasi menga yoqmaydi. Estrada tushunchasi o‘zligini yo‘qotdi, klassik estrada allaqachon tanazzulga yuz tutdi. Masalan, Beyonse dunyo yulduzi, uning millionlab muxlislari bor. Lekin uni xonanda deb bilmayman. Qo‘shiqlari baqir-chaqir, kliplari esa fahsh harakatlaridan boshqa hech narsa emas. O‘zimizning estarada-chi, birorta qo‘shiq 10—15 yil yashayaptimi?

Baynalminal oilada tug‘ilgan bo‘lsam-da, o‘zbek tilini bilishga intilardim. Bugun uzuq-yuluq so‘zlarni istagancha talaffuz qilib, qo‘shiq kuylashayapti. O‘zbek tilida qo‘shiq kuylab turib, shu tilni bilishga intilmayotgan xonandalar oz deysizmi? Bu nafaqat o‘zi, balki xalq va san’atga ham behurmatlik emasmi?” — deya ta’kidladi Kumush Razzoqova.
Просмотров (102)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar