Главная » La Liga. “El-Klasiko”da murabbiy Zidanning mag‘lubiyatsiz yurishi davom etdi
(

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 14-turiga kelib ikki azaliy raqib — “Barselona” va “Real” Kataloniyadagi “Kamp Nou” stadionida to‘qnash keldi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

“Real”ni Zidan qabul qilib olganidan buyon bu ikkinchi to‘qnashuv bo‘ldi. 8 oy muqaddam “qirollik klubi” Kataloniyadan 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan qaytgan bo‘lsa, bu safar durang qayd etildi.

14-turdan keyin “Real” raqibi “Barsa”dan 6 ochkoga o‘zib ketishda davom etadi. Bu klublarni ta’qib qilib kelayotgan “Sevilya” mazkur turda “Granada” mehmoni bo‘lib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ispaniya La Ligasi
14-tur bellashuvlari
3-dekabr, shanba

“Barselona” — “Real Madrid” 1:1

Gollar: Luis Suares, 53 (1:0). Serxio Ramos, 90 (1:1).

“Barselona”: Mark-Andre ter Shtegen, Serxi Roberto, Xerard Pike, Xavyer Maskerano, Hordi Alba, Andre Gomesh (Arda Turan, 78), Serxio Buskets, Ivan Rakitich (Andres Inyesta, 60), Luis Suares, Neymar (Denis Suares, 87), Lionel Messi.

“Real Madrid”: Keylor Navas, Daniyel Karvaxal, Rafayel Varan, Serxio Ramos, Marselo, Mateo Kovachich (Mariano Dias, 87), Luka Modrich, Isko (Kazemiro, 66), Lukas Vaskes, Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema (Marko Asensio, 77).

“Granada” — “Sevilya” 2:1

Gollar: Andreas Pereyra, 27 (1:0). David Lomban, 56 (2:0). Vissam Ben-Yedder, 90+4-pen (2:1).

“Leganes” — “Vilyarreal”
“Atletiko” — “Espanyol”

4-dekabr, yakshanba
“Betis” — “Selta”
“Atletik” — “Eybar”
“Alaves” — “Las-Palmas”
“Sporting” — “Osasuna”
“Valensiya” — “Malaga”

5-dekabr, dushanba
“Deportivo” — “Real Sosyedad”
Просмотров (221)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar