Главная » Lola Karimova: “Abdulla Oripov zamonamizning Navoiysi edi...”
(

Lola Karimova-Tillaeva o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida O`zbekiston xalq shoiri, O`zbekiston qahramoni Abdulla Oripovning vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlari va o`zbek xalqiga hamdardlik izhor etdi.

“O`zbekiston adabiyoti og`ir judolikka uchradi. Kuni kecha xalqimiz o`zining yana bir ulug` farzandidan ajradi.. Abdulla Oripov bizning g`ururimiz, fahrimiz edilar. Bu insonning she`rlari bilan katta bo`ldik, ulg`aydik, tarbiya oldik. Yoshligimizdan bizni ezgulik tomon o`z she`rlari bilan etaklab borgan sevimli shoirimiz edilar. Shoirning ‘Xayr endi’, ‘Yolg`izlik’, ‘Savob’, ‘Qassam darra’, ‘Onajonim’, ‘Dunyoni qizg`anma’, ‘Sen Pushkinning sevgan malagi...’, ‘Bahor’ kabi she`rlari, ‘Jannatga yo`l’ kabi poemalari xalqimiz qalbini abadul abad zabt etdi.

Abdulla Oripov jisman o`limga taslim bo`ldi, lekin uning she`rlari o`lmasdir, ular hech qachon, yuz yillar o`tar, ming yillar o`tar, o`limga taslim bo`lmagaylar, demak Abdulla Oripov bizning qalbimizda, kelajak avlodimiz qalbida mangu yashaydi. U zamonamizning Navoiysi, Abdulla Qodiriysi edi. Abdulla akaning oilalariga chuqur ta`ziyamizni bildiramiz. Joylari jannatdan bo`lsin. Ohiratlarini mehribon Parvardigor obod qilsin”,—deb yozadi Lola Karimova.

Lola Karimova o`z hamdardlik so`zlariga Abdulla Oripovning quyidagi so`nggi ijod namunalaridan birini ham ilova qildi:

O`zbek osmonida so`ndi cho`ng yulduz,
Katta-yu kichikning ko`zini yoshlab.
Foniy bu dunyoning baland-pastiga,
Teran nazar tashlab o`tdi bu Inson.
Millat qadri deya yashab aslida,
Xalqining dardiga bo`loldi darmon.
Bugun judolik bor gar qalbimizda,
Lekin g`urur yashar havas qilgulik.
Abadiyat o`sdi ko`z oldimizda,
Shundoq yonimizdan o`tdi Mangulik.
Просмотров (199)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar