Главная » Lola Karimova-Tillayeva: Sizning samimiy tilaklaringiz va ezgu niyatlaringiz otamning shifo topishlarida yordam bermoqda, deb ishonaman
(O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillayeva 31-avgust, chorshanba kuni O‘zbekiston xalqiga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni Lola Karimova-Tillayevaning Instagram’dagi rasmiy sahifasida e’lon qilingan.



Aziz yurtdoshlar, sizni barchamiz uchun qadrli ayyom — O‘zbekistonning Mustaqillik kuni bilan chin ko‘ngildan muborakbod etaman!”, — deb boshlanadi Lola Karimova-Tillayevaning tabrigi.

“Men bizning bag‘rikeng, mehnatkash va nihoyatda iqtidorli xalqimizga baxt-saodat va faravonlik tilayman! Sahovatli ona zaminimizda hamisha tinchlik va xotirjamlik barqaror bo‘lsin. Ona Vatanimizda asrlar osha mavjud bo‘lgan bag‘rikenglik, turli millat va dinlar vakillari orasidagi o‘zaro hurmat va ehtiromga asoslangan munosabatlar hamisha saqlanib qolishiga tilakdoshman”, — deydi Lola Karimova-Tillayeva.

“Azizlar, ushbu fursatdan foydalanib, men barchangizga Prezidentimizning tez shifo topishlarini istab bildirgan samimiy tilaklar va ezgu niyatlaringiz uchun chin qalbimdan o‘z minnatdorchiligimni izhor etmoqchiman. Bu bizlar uchun juda ahamiyatlidir va ushbu nihoyatda samimiy va dildan chiqqan tilaklar, so‘zlar otamning shifo topishlarida yordam bermoqda, deb ishonaman. Sizlarga katta rahmat, azizlar!”, — deyiladi Lola Karimova-Tillayevaning bayram tabrigida.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 28-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov statsionar davolanishda ekanini ma’lum qilgan edi.
Просмотров (367)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar