Главная » Lola konserti uchun yaratilgan to`y libos nimadan dalolatligi to`g`risida gapirdi
(

Lolaning bugun “Istiqlol” san`at saroyida yakkaxon konsert dasturiga start beriladi.

Konsert oldidan xonanda jurnalist Baxtiyor To`raxonovning My5 telekanalidagi “19:09” ko`rsatuvida ishtirok etib, ayrim savollarga javob berdi.

Xususan jurnalist Loladan konsert uchun yaratilayotgan yangi libos juda ham to`y libosiga o`xshashi nimadan dalolatligi to`g`risida so`radi.

“Ayni nuqtasiga tegdingiz. Ushbu libosni kiyib ko`rganimda, Zulfiyaga qarab, menimcha biz juda to`g`ri yo`nalishdamiz dedim (kuladi). Darhaqiqat, bu libos shu qadar engil, beg`uborki... Bu libos mening dastur davomidagi blokning taronalariga juda mos.”

Lola ayni damda shaxsiy hayotidagi yangiliklarni sir saqlamoqda. Biroq Darakchi.uz’ning onlayn intervyu sahifasida sevgan insoni borligiga sha`ma qilgandi. Kim bilsin ehtimol, konsertdan so`ng shaxsiy hayotida o`zgarishlar yuz berar?
Просмотров (138)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar