Главная » Lola sevgan insonini 2 yil avval uchratganini tan oldi
(

Xonanda Lola Yo`ldoshevaning Instagram`ga joylayotgan suratlari va ularga yozib qoldirayotgan izohlari uning shaxsiy hayotida yaqin kunlarda katta o`zgarishlar bo`lishi mumkinligiga ishora qilmoqda. Xususan, Lolaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylagan posti ham kutilganidek keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda.

“Sen qalbining har bir zarrasi bilan seni sevuvchi, muntazam sen haqingda o`ylaydigan, har bir kunning har bir daqiqasida sen ayni paytda nima qilayotganing, kim bilan ekanliging va ishlaring yaxshi ekanligi bilan qiziqadigan insonga munosibsan. Senga orzularingni ro`yobga chiqarishga yordam beradigan va seni o`zingdagi qo`rquvlardan himoya qiladigan inson kerak. Seni hurmat qiluvchi inson seni boringcha, hatto kamchiliklaring bilan sevadi. Senga seni haqiqiy ma`noda baxtli qila oladigan inson kerak. Munosib ekanmanmi?”,—deb yozdi Lola sevgan insoni bilan qo`l ushlashib turgan suratini izohlab.

Mazkur surat qisqa fursat ichida 300 ga yaqin izohlarga sabab bo`ldi. xonandani internet orqali kuzatib boruvchilar o`zlarining turli fikrlarini yozib qoldira boshlashdi.

Aksariyat foydalanuvchilar Lolaga baxt tilagan bo`lsa, xonandaning kelajagidan “qayg`urib” negativ fikrlarni ham bildirdi.

“Bu erda juda chiroyli ko`rinadi, biroq sen undan farzandlaringni o`zinikidek qabul qila olishi haqida so`raganingda, birdan rulni ushlashi kerakligi uning esiga tushadi va u bunga umuman tayyor emasligini aytadi. Bunday vaqtinchalik munosabatlarning bor mazmuni shunda”,—deb yozadi izohlarda “kuyunchak” muxlislardan biri.

Lola internet foydalanuvchisining bu fikrini javobsiz qoldirmadi:

“Ehtimol kimdadir shundaydir. Biz rulni birgalikda tutamiz. Va uning tayyor yoki tayyor emasligi haqidagi savol hatto yuzaga kelmaydi ham. Chunki, sevgan inson har doim tayyor bo`ladi! Bir umrga! Sizga baxt tilayman”.

Yana bir muxlis “baxt sukunatni yoqtirishini va sevgi haqida ommaviy ravishda gapirish noto`g`ri ekanligi” haqida fikr bildirdi.

“Sukunatni 2 yildan beri yoqtiramiz. Ba`zan o`z baxting bilan bo`lishging keladi”,—deb yozdi Lola unga javoban.
Просмотров (387)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar