Главная » Mahabhorat» syeriali texnik sabablarga ko'ra to'xtatilgan
(O'zbekiston milliy telyeradiokompaniyasi «Madaniyat va Ma'rifat» telekanalida efirga ketayotgan «Mahabhorat» syeriali 12 iyuldan boshlab efirdan olindi. Biroq kompaniya intyernet saytida va boshqa yerlarda byerilayotgan TV dasturlarda syerial namoyish etilishi ko'rsatilgan.



Syerialning nima sababdan efirdan olingani haqida MTRK hech qanday ma'lumot byermadi. Tashkilot bilan bog'langanimizda faqat birgina javob aytishdi: «Texnik sababga ko'ra to'xtatilgan».«Mahabhorat» shu nomli hind eposi asosida ishlangan syerial bo'lib, 2013 yilda suratga olingan. U «Madaniyat va Ma'rifat» telekanalida kech soat 20:30da efirga uzatilayotgan edi. Kunduzi 12:00da bir kun oldingi soni takroran byerilardi. U haqda maxsus ko'rsatuvlar tayyorlanib, syerialning yangi talqini ajoyib chiqqani haqida ko'pchlik mutaxassislar munosabat bildirishgan.Islom.uz saytida ham shu masalada o'quvchilardan biri bu syerialni ko'rish shariatga to'g'ri keladimi, qabilida savol byergan. Saytda esa o'zgacha javob byerilgan: «Kufrga rozi bo'lish, kufr hisoblanadi. Shu filmni ko'rgan ko'p odamlarning og'izlaridan: "Janobi Ramga sharaflar bo'lsin" deyayotganlarini o'zimiz ham eshitdik. Qanday qilib bu so'zni kufr deb bo'lmaydi?». Bu yerda nazarda tutilgan Ram hindlarning boshqa eposi «Ramayana» qahramoni hisoblanadi.Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida ham bu syerial ko'p muhokama qilinmoqda. Ko'pchilikka undagi bosh qahramonlardan biri Droupadining beshta Panduzoda aka-ukalarga birdaniga turmushga chiqqani yoqmagan. Bu eposda ko'p narsa real hayotga to'g'ri kelmasligi, u badiiy fikr namunasi ekani ham ba'zi foydalanuvchilar tomonidan aytilgan.
Просмотров (198)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar