Главная » “Majnun” va “Oyqiz ertagi” filmlarining rejissorlari voqealari Toshkent, Parij va Rimda rivojlanadigan film olmoqchi
(

O‘zbekistonlik rejissorlar Jahongir Ahmedov va Akbar Bekturdiyev ayni vaqtda Yevropa sayohatida. Instagram’dagi sahifalari orqali ular Parij va Rim safarlari taassurotlari bilan o‘rtoqlashmoqda
Jurnalist Feruz Muhammad Jahongir Ahmedov bilan bog‘lanib, safar maqsadlari haqida ma’lumot oldi.

“Avvaliga shunchaki dunyo ko‘rish, tarixiy shaharlarni aylanish maqsadida safarga chiqqan edik. Hozirga kelib Akbar Bekturdiyev bilan ajoyib yangi film g‘oyasi ustida ishlayapmiz”, — deydi Jahongir Ahmedov.

“G‘oya bo‘yicha, yangi film voqealari Toshkent, Parij va Rim kabi shaharlarda rivojlanadi. Ijodiy ishimiz kundan-kun pishib, rivojlanib bormoqda”, — deya qo‘shimcha qildi Jahongir Ahmedov.
Ma’lumot uchun, Jahongir Ahmedov “Tundan tonggacha”, “Tilim qursin”, “Majnun” kabi filmlarning, Akbar Bekturdiyev esa “Jazo”, “Hur qiz”, “Oyqiz ertagi” kabi kartinalarning rejissori hisoblanadi.
Просмотров (50)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar