Главная » Manzura: “Nega turmushga chiqmayapsiz?” degan savoldan charchadim
(Xonanda Manzura “Darakchi” gazetasiga bergan intervyusida ijodi va shaxsiy hayoti bilan bog`liq ko`plab savollarga javob berdi.

— Yaqindagina ma`muringizni o`zgartiridingiz. Sabab?

— Bizning hayotimizda hammaning o`z vazifasi bor. Oldingi ma`murimning ham men bilan ishlash vaqti o`z yakuniga etgandan so`ng, u bilan xayrlashdik. Hozir ko`pni ko`rgan, san`atni tushunadigan, iqtidorli san`atkor, yigirma yillik do`stim Nodir bilan hamkorlikni boshladik.

— Intervyularda nima haqida gaplashishni istamaysiz?

— “Nega turmushga chiqmayapsiz?”, “To`y qachon?” degan savollar hiqildog`imga kelgan! Ijtimoiy tarmoqlarda ham har kuni shu savol. Gap bu savol menga yoqmasligida ham emas, shunchaki bu savoldan juda charchadim.



“Lazgi” qo`shig`ingiz biroz tanqidga uchragan edi. Klipdagi qora ranglarni haddan ziyod ishlatilganligi, raqslar...

— Demak, ishimiz natija beribdi! Tomoshabinlarning aksariyati milliy qo`shiq yoki milliy raqs deganda faqat qadimiy minoralarning yonida turib milliy liboslarda bir xil harakatlarni bajarishni tasavvur qilishdi. Biz esa bu klip orqali ayrim narsalarga o`zgartirish kiritdik. Qora ranglarning ko`pligiga kelsak, bu tanqid qilishga arzugilik sabab emas. Klipning rassomi uni shunday ko`rinishda tasavvur qilgani uchun ham, shu taxlit suratga olingan. Biz dunyo standartlariga javob beradigan etno-klip qilganmiz. Natija yomon emas, yaxshi fikrlarni ham ko`p eshitdik.

Xonanda bilan to`liq intervyuni “Darakchi” gazetasining payshanba kuni sotuvga chiqadigan yangi sonida o`qishingiz mumkin.
Просмотров (209)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar