Главная » Markaziy bank plastik kartadan naqd pul yechib olish masalasini hal qilishga va’da berdi
(

Markaziy bank vakili so‘zlariga ko‘ra, hozirda ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan bu yil O‘zbekistonga 2000 ta infokioska va 1000 ta bankomat yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Qurilmalar bank bo‘linmalariga, shuningdek, 50 dan ortiq xodimlari bo‘lgan kompaniya va korxonalarga o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

“Bundan tashqari, biz naqd pulsiz hisob-kitob tizimini rivojlantirishni davom ettiramiz. Tez orada respublikadagi mutlaqo barcha savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari terminallar bilan jihozlanadi. Shunda naqd pul olish borasida shov-shuvlar yuzaga kelmaydi”, — dedi Markaziy bank xodimi.

Shuningdek, Faxriddin Boboyev Markaziy bankning shaharlar va qishloq joylardagi mini-banklar sonini oshirish rejalari haqida gapirib berdi. Belgilangan me’yorlarga ko‘ra 5 kilometrlik radiusda bitta bank, uning bo‘linmasi yoki mini-bank joylashgan bo‘lsa, endi radiusni 1 kilometrgacha kamaytirish rejalashtirilmoqda.
Просмотров (262)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar