Главная » Markaziy saylov komissiyasida Prezident sayloviga tayyorgarlik ko`rish masalalari ko`rib chiqildi
(

15 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo`lib o`tdi. Uni Komissiya raisi Mirzo-Ulug`bek Abdusalomov olib bordi.

Majlisda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha Asosiy tadbirlar dasturi asosida puxta hozirlik ko`rilayotgani ta`kidlandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.

“O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi Qonunning 9 va 14-moddalariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi saylov okruglari tuzish to`g`risida qaror qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi saylov okruglari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida tuzildi.

Saylov okruglari ro`yxati saylovchilar soni hamda okrug saylov komissiyalari qaerda joylashganligi ko`rsatilgan holda ommaviy axborot vositalarida e`lon qilinadi.

Shuningdek, majlisda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bilan bog`liq bo`lgan boshqa masalalar ham ko`rib chiqildi.
Просмотров (97)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar