Главная » Maykl Jeksonning singlisi Janet 50 yoshida birinchi farzandini dunyoga keltirdi
(Amerikalik xonanda Janet Jekson ilk marotaba ona bo‘ldi. 50 yoshli xonanda 3-yanvar, seshanba kuni o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda “Vesti.ru” nashriga tayanib, “Darakchi.uz” xabar berdi.Janet Jekson va uning turmush o‘rtog‘i Vissam al-Mana o‘g‘illari Issa al-Mananing dunyoga kelishini intizorlik bilan kutgan edi.


“Ayni paytda ona va bolaning ahvoli qoniqarli. Ular shifokorlar nazorati ostida”, — deyiladi xabarda.

Janet Jekson 2012-yilda qatarlik tadbirkor Vissam al-Mana bilan turmush qurgan edi. Uning homiladorligi may oyida ma’lum bo‘lgan edi.

Janet Jekson — 2009-yilda vafot etgan pop musiqa qiroli Maykl Jeksonning singlisi.
Просмотров (237)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar