Главная » Messi sahovatli ishga qo`l urdi yohud u terma jamoa qo`riqchilari maoshini to`lab berdi
(

Argentina terma jamoasi hujumchisi va sardori Lionel Messi mamlakat futbol federasiyasining terma jamoa qo`riqchilari oldidagi qarzlarini to`lab berdi.

Futbol federasiyasidagi yuzaga kelgan inqiroz tufayli ular mamlakat terma jamoasini himoya qiluvchi qo`riqchilarga deyarli 6 oydan buyoon maosh to`lay olmagan. Shu sabali ular bu masalada shaxsan Messining o`ziga murojaat qilishdi. Bu haqda Diario Uno nashri xabar bermoqda.

Jurnalist Xuan Palo Varskining aytishicha, Braziliya bilan o`yindan oldin qo`riqchilar Messining oldiga kelishib shunday deyishgan: “Sen bilan gaplashib olishimiz kerak. Biz 5-6 oydan buyon maosh olmayapmiz. Sen jamoa sardorisan va shu sabab sendan yordam so`raymiz”.

Shundan so`ng, Messi otasiga qo`ng`iroq qilgan va shaxsiy hisobidan qo`riqchilarning maoshini to`lab bergan.
Просмотров (65)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar