Главная » Meyvezer va Makgregor Las-Vegasdagi jangdan qancha foyda qilishdi?
(

Xabaringiz bor, bugun Las-Vegasda yilning eng shov-shuvli janglaridan biri bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda amerikalik Floyd Meyvezer irlandiyalik jangchi Konor Makgregor bilan boks qoidalari bo‘yicha kuch sinashdi.
Qiziqarli o‘tgan jangning o‘ninchi raunddida Meyvezer to‘liq tashabbusni qo‘lga olib, raqibini nokautga uchratdi va faoliyatida 50-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Kelishuvga ko‘ra, ushbu jangdan amerikalik bokschi 400 mln dollar ishlab olsa, Konor 127 mln dollar gonorar egasiga aylanadi. Bundan tashqari ular yana pulli translyatsiyalar, chiptalar sotuvi va homiylik to‘lovlaridan ham ulush olishadi.Shuningdek, Meyvezer – Makgregor jangi translyatsiyalar sotuvi soni bo‘yicha rekord qayd etgan. Hozircha translyatsiyalar va chiptalar sotuvidan 80 mln dollar yig‘ilgan. Oldingi rekord Meyvezer – Pakyao jangiga tegishli bo‘lib, o‘shanda 72 mln dollar yig‘ilgan edi.
Просмотров (902)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar