Главная » Million" guruhi sahnaga qaytmoqda
(Bir necha yillar muqaddam o'z ko'ngilochar tomoshalari bilan muhlislar e`tiborini qozongan "Million" guruhi yana katta sahnaga qaytmoqda.



Jamoa Yetakchilaridan biri Davron Kabulov o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali bu haqda ma`lum qilgan. "Kutganmidingiz? Biz kelyapmiz. Sinov berganiga, Yechimi bilan berganiga Allohga behisob shukr!", deyiladi uning Instagramdagi sahifasida.Ilova qilingan suratda 15-18 sentyabr' kunlarida "Istiqlol" san`at saroyida guruhning kontserti bo'lib o'tishi ko'rsatilgan.
Eslatib o'tamiz, «Million» jamoasi so'nggi bor 2014 yil aprel' oyida kontsert bergan edi. Oradan bir necha oy o'tib, kontsert videodisklari chiqqanidan so'ng, guruh sahnaga olib chiqqan ko'plab hazillar jamoatchilik tomonidan keskin tanqidga uchradi.Keyinroq, 2014 yil sentyabrida esa «Million» qiziqchilar jamoasining kontsert-tomosha faoliyati uchun berilgan litsenziyasi «O'zbeknavo» estrada birlashmasi tomonidan tugatilgan edi.
Просмотров (135)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar