Главная » Milliy TV’da sehrli Yangi Yil
(

Milliy TV ijodkorlari teletomoshabinlar uchun Yangi Yil kechasida efirga uzatiladigan maxsus sehrli dastur tayyorlab qo‘ydi.
Ushbu kechaning dasturlaridan biri “Olovuddinning yap-yangi sarguzashtlari” deb nomlangan sehrli teleertak bo‘lishi kutilmoqda. Tomoshabinlar ertakda turli rollarni ijro etgan estrada yulduzlari: Rashid Xoliqov, Javohir Zakirov, Shahzoda, Ulug‘bek Rahmatullayev, Rayhon, Sardor Rahimxon va boshqalar kutilmagan obrazlarda namoyon bo‘ladi.

Ertak Milliy TV uchun maxsus tasvirga olingan. Teletomoshabinlar mashhur ertak qahramonlarini yangicha talqinda ko‘rish imkoniyatlari mavjud. Dastur 31-dekabr kuni efir yuzini ko‘radi.
Просмотров (362)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar