Главная » Milliy TV’da yangi serial. Nima uchun uni albatta tomosha qilish kerak?
(

Milliy TV telekanalida dushanbadan jumaga qadar soat 20:00 da yangi “Avtotest” nomli serial namoyish etilmoqda. Komediya janrida tayyorlangan ushbu 20 qismli serialni har birimiz albatta tomosha qilishimiz uchun kamida 5 ta sabab bor.

Barchamiz uchun sevimli kinoaktyorlar “Avtotest” serialida. Serial tomoshabinlari teleekranlari orqali Adiz Rajabov, Farhod Abdullayev, Zuhra Soliyeva, Sitora Alimjanova va boshqalarni yangi ko‘rinishda kashf etadi.

20 qism ichida bir talay kulgu. “Avtotest” serialida besh nafar bo‘lajak haydovchi turli-tuman quvnoq va qiziqarli sarguzashtlarga duch keladi. Film qahramonlari tushadigan har xil kulguli holatlar inson kayfiyatini bir zumda ko‘tarib yuborishi aniq.

Foto: Milliy TV
Foto: Milliy TV
Avtomobilni boshqarishga o‘qish oson vazifa emas. Tomoshabin serial qahramonlari bilan birga avtomaktabda o‘qish paytida vujudga keladigan barcha qiyinchiliklarni boshidan kechiradi. Biroq bu qiyinchiliklar tomoshabinlarga faqatgina yaxshi kayfiyat ulashadi.

Har bir qahramonni o‘zining qiziqarli tarixi bor. Serial besh nafar Avtotest o‘quvchisining o‘ziga xos tarixini ochib beradi. Qahramonlarning biri aqlli lekin qo‘rqoq, biri jasur lekin bebosh, biri harakatchan bo‘lsa, biri ishyoqmas. Ularning birgalikdagi xatti-harakatlarini tomosha qilish esa juda zavqli.

Va nihoyat, serialda haydovchilik guvohnomasini shunchaki sotib olish emas, astoydil o‘qib, o‘rganib olish kerakligi g‘oyasi ilgari surilgan. Serialni tomosha qilish nafaqat qiziqarli, balki foydali hamdir.
Просмотров (123)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar