Главная » Mo``jiza faqat ertaklarda emas, hayotda ham uchraydi yoxud Ginnessning yangi yil rekordlari
(

Er yuzining aksariyat mamlakatlarida eng sirli va mo``jizali, shu bilan birga oilaviy tantana sifatida nishonlanadigan Yangi yil bayrami ham eshik qoqmoqda. 1955 yildan buyon nashr qilinadigan Ginnesning rekordlar kitobida esa ushbu sana bilan bog`liq natijalarni ko`plab uchratish mumkin. Quyida e`tiboringizga ulardan ayrimlarini havola qilmoqchimiz.

Eng ko`p Yangi yil chiroqlari bilan bezatilgan uy
Devid va Janin Richardslar Ginnes kitobiga eng ko`p Yangi yil chiroqlari bilan bezatilgan uy sohiblari sifatida kiritilgan. Avstraliyalik ushbu juftlik dastlab 2001 yili o`z xonadonini 331,038 dona turli xil chiroqlar jamlanmasi bilan bezatadi. Buning uchun ular roppa-rosa 4 yil muddat sarflashdi, keyingi safar esa qariyb yarim million dona chiroqlar yordamida o`z natijalarini yaxshilashga muvaffaq bo`ldilar. Mahobatli uyni tomosha qilgan kishi bor-ki, o`zini xuddi Yangi yil ertagiga tushib qolgandek his qilsa ajab emas.

Novogodnie rekord Ginnessa

Novogodnie rekord Ginnessa

Dunyodagi eng ulkan Santa Klaus
Singapurdagi "TanglinMall" savdo majmuasi Rekordlar kitobining navbatdagi qahramonlaridan biri hisoblanadi. Bu erda 1996 yilning 10 noyabridan 1997 yilning 3 yanvariga qadar dunyodagi eng ulkan Santa Klaus majmuaga tashrif buyuruvchilarni bayram bilan qutlagan. Mahobatli haykalning bo`yi 15,6 metr, eni 11 metrga teng. G`ayrioddiy konstruksiya penoplastdan tayyorlanib, metall karkasga o`rnatilganiga qaramay 2,5 tonna tosh bosgan.

Eng hashamatli Yangi yil archasi
Dunyodagi eng hashamatli Yangi yil archasi 2002 yilning 7 dekabr kuni Yaponiya poytaxtida qad rostlagan. Piaget zargarlik kompaniyasi tomonidan moliyalashtirilgan loyiha davomida bayram archasi 83 turdagi haqiqiy qimmatbaho zargarlik jihozlari bilan bezatildi. E`tiborli jihati, rekord o`rnatish uchun zargarlar 16 million dollar atrofida mablag` sarflashgan.

Novogodnie rekord Ginnessa

Novogodnie rekord Ginnessa

Eng ulkan Yangi yil atributlari jamlanmasi
Kanadalik Jan-Gi Lakerr dunyodagi eng ulkan Yangi yil atributlari kolleksiyasiga ega rekordchi sifatida tan olingan. U o`z xazinasini 1988 yildan to`plashni boshlagan bo`lib, 2010 yilga kelib jamg`armasidagi eksponatlar soni 25 104 tani tashkil qildi. Jan-Giga tegishli kolleksiyada
2360 ta shakl, 2846 dona bayram otkritkasi, 1312 ta turli salfetka va 241 dona dekorativ to`g`nag`ichni uchratish mumkin.

Eng ko`p sotilgan bayram qo`shig`i
Bing Krosbining «White Christmas» taronasi Yangi yil bayrami arafasida sotiladigan eng xaridorgir qo`shiq sifatida tan olingan. Tarona ilk bor 1942 yilda jarang sochgan bo`lib, bugunga qadar u 100 milliondan ziyod plastinkada o`z egalari qo`liga etib borgan.

Novogodnie rekord Ginnessa

Eng uzoq davom etgan mushakbozlik
Yangi yil bayramining o`ziga xos timsollaridan yana biri – bayram sharafiga uyushtiriladigan mushakbozlik hisoblanadi. Bu boradagi rekord natija esa 2014 yili Dubay shahrida rasman ro`yxatga olingan.
Salyut 450 mushakbozlikdan iborat bo`lib, u 6 daqiqa davom etgan. Pirotexnika orqali vujudga keltirilgan yog`du vaqtida ko`kda Birlashgan Arab Amirliklari davlat bayrog`i tasviri ham paydo bo`lgan.



Eng kassabop film
Gollivud yulduzi Jim Kerri ishtirokidagi “Yangi yil o`g`risi” (How the Grinch Stole Christmas) filmi ushbu mavzuga oid eng kassabop kinokartina hisoblanadi.
AQSh kinoijdkorlari tomonidan 2000 yilda suratga olingan ekran asari butun dunyoda olamshumul muvaffaqiyat qozondi. Ushbu film uchun 123 million dollar sarflangan bo`lsa, kinonamoyishlardan 340 million dollar foyda ko`rilgan.
Просмотров (302)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar