Главная » Moskvadagi yong‘inda Qirg‘izistonning 14 fuqarosi halok bo‘lgani ma’lum qilindi
(Moskvaning Altufyevo shossesidagi “Pechatniy ekspress” bosmaxonasiga qarashli omborda sodir bo‘lgan yong‘inda halok bo‘lganlarning 14 nafari Qirg‘iziston fuqarolari edi. Bu haqda, Qirg‘iziston TIV bayonotiga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.



Elchixonadagi dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, yong‘inda 16 fuqaro halok bo‘ldi, shulardan 14 nafari Qirg‘iziston fuqarolaridir”, — deyiladi TIV bayonotida.

Yong‘in 27-avgust, shanba kuni ertalab sodir bo‘ldi. Ilgariroq halok bo‘lganlarning barchasi MDH davlatlar fuqarolari bo‘lishi mumkinligi aytilgan edi.
Просмотров (92)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar