Главная » MTS UMS qo'shma korhonasidagi ulushini sotdi
(Rossiyaning MTS kompaniyasi 5 avgust kuni kechqurun o'zining O'zbekistonda tashkil etilgan



Universal Mobile Systems (UMS) qo'shma korhonasidagi 50,01 foizlik ulushini sotgani haqida ma`lum qildi.Rossiya operatori tarqatgan press-relizda qayd etilishicha, aktsiyalar nazorat paketi O'zbekiston respublikasi Ahborot tehnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi "Radioaloqa, radioeshittirish va televideniYe markazi" Davlat unitar korhonasi ihtiyoriga o'tgan."Biznesga oid bir qator sabablar va boshqa shart-sharoitlar tufayli MTS UMS qo'shma korhonasidagi o'z ulushini sotish qarorini qabul qildi", degan MTSning horijiy kompaniyalar bo'yicha vitse-prezidenti Andrey Smelkov.2014 yilning 23 sentyabrida MTS UMS ustav kapitalining 50,01 foizini beg'araz asosda qabul qilib olgandi. Aktsiyalarning qolgan 49,99 foizi Radioaloqa, radiouzatish va televideniYe markaziga tegishli edi.4 avgust kuni Rossiya nashrlarida MTS kompaniyasining avgust ohiriga qadar UMS ta`sischilari tarkibidan chiqish imkoniyatlari to'g'risida habar qilindi.Keyinroq UMS uzoq muddatli rejalarini tatbiq qilishda davom etishi haqida habar berilgandi.UMS O'zbekiston hududida 2014 yil 1 dekabrdan tijoriy mobil' aloqa tarmog'ini ishga tushirgan. 2016 yil boshida UMS abonentlar bazasi 1,095 millionga Yetgandi.
Просмотров (115)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar