Главная » Munisa Rizayeva sirli oshig‘i haqida ma’lumot berdi
(Xonanda Munisa Rizayeva “Hordiq” gazetasiga bergan intervyusida sirli oshig‘i va o‘zi haqidagi turli mish-mishlarga oydinlik kiritdi, shuningdek, unga otilgan tuhmat toshlariga ham to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar berdi.



Qo‘shiqchining so‘zlariga ko‘ra, unga har kuni gul jo‘natadigan sirli oshig‘i bu yerlik emas. “U menga uylanish harakatida yuribdi. Men kuzda o‘ttiz yoshga kiraman va bu yoshgacha juda ko‘p xatolar qildim. Endi yana shu xatolarni takrorlamoqchi emasman. Aytishadi-ku, og‘zi kuygan qatiqni ham puflab ichadi, deb. Ming marta o‘ylab, keyin javobimni aytmoqchiman. Tennischi yigit bilan bo‘ladigan nikoh to‘yimni intizorlik bilan kutgandim, ammo uning xiyonat qilganidan xabar topdim. Bu xiyonatni kechirish menga juda og‘ir bo‘ldi. Bizning bugun birga emasligimizning boshqa sabablari ham mavjud”, — dedi xonanda.

Munisa Rizaveya aynan shu borada turli tuhmatlar qurboniga aylanganini ta’kidladi. “Tuhmatlardan, hayotim haqida to‘qilgan ertaklardan juda charchadim. O‘zim haqimda salbiy fikrlarni eshitaverib, tanqidni ko‘tara olmaydigan bo‘lib qoldim… Men turmushga chiqmoqchi bo‘lgan yigit boshqasiga uylangani uchun Qirg‘izistonga borib, janjal qilib kelganmishman. Aslida, voqea butunlay boshqacha bo‘lgandi. Oilamiz do‘stining o‘g‘li menga uylanish harakatida edi. Bir muddat gaplashganimizdan keyin bir-birimizga mos emasligimizni tushundik va yaxshilikcha xayrlashdik. Uning otasi kasallikdan vafot etgani tufayli ta’ziya bildirish uchun oilamiz bilan Qirg‘izistonga borgandik. Menga uylanmoqchi bo‘lgan yigitning rafiqasi bilan ham yaxshi tanishman, ular juda baxtli hayot kechirishmoqda. Do‘stona aloqalar saqlanib qolgan bo‘lishiga qaramasdan, muxlislar meni oilasi bilan urishib kelganlikda ayblashibdi”, — deya so‘zlab berdi.

Xonanda u haqida “juda yevropalashgan”, “dinini ham bilmaydigan” qiz deb o‘ylaydiganlar yanglishishini aytdi. “Aslida, men o‘zbekligimni hech qachon unutmayman! Nohaq ayblovlardan ko‘nglim qolib ketdi, ba’zan tushkunlikka tushib, ijod qilgim kelmay qoladi. Men shunaqa odammanki, oqni oq deyman, qorani qora! Qaysi san’atkor qiz yigiti borligini oshkor qilgandi? Men hech kimdan hech narsa berkitmadim-ku! Vaja bilan ajrashdim, men o‘zimdan farishta yasamayman. Bu menga kerakmas. Muxlislarim meni borimcha qabul qilishlarini istayman. Ism ham inson taqdirini belgilar ekan. Ismim tarjima qilinganda ‘ishonchli do‘st’ degan ma’noni anglatadi. Men insonlarga haqiqiy do‘stman!” — dedi Munisa Rizayeva.
Просмотров (215)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar