Главная » Munisa Rizayeva: Usiz yasholmayman, deb o‘ylardim. Hozir esa hayotimda u hech qachon bo‘lmagandek
(

Xonanda Munisa Rizayeva Instagram’dagi sahifasida o‘z muxlislariga murojaat qilib, hamma narsa o‘tkinchi ekani haqida o‘z fikr-mulohazalarini yozib qoldirdi. “His-tuyg‘ular ham, mehr-muhabbat ham, xotiralar ham o‘tkinchi ekan… Qachonlardir usiz nafas ham ololmayman, yashay ham olmayman, deb o‘ylardim. Biroq hozir hammasi o‘zgacha, go‘yoki u hayotimda hech qachon bo‘lmagandek!”, — deb yozadi Munisa Rizayeva. Munisa Rizayeva gap aynan kim haqida borayotganiga aniqlik kiritmagan. “Har narsa vaqti-soati bilan o‘tib ketadi. Vaqt hamma narsani joy-joyiga qo‘yadi. Vaqt davolaydi! Sabr, qadrdonlarim; e’tiqod, ibodat va muhabbat — eng asosiysi shu”, — deya qo‘shimcha qilgan xonanda. Ma’lumot uchun, 21-oktabr kuni Munisa Rizayeva 30 yoshga to‘ldi.
Просмотров (128)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar