Главная » Murod Rajabov Saida Rametova ishtirokida tarqalgan videoga o`z munosabatini bildirdi
(O`zbekiston xalq artisti Murod Rajabov Saida Rametova ishtirok etgan videoning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi xususida “Bekajon” gazetasiga o`z fikrini bildirdi.



“Aynan ijtimoiy tarmoqlar qanchadan qancha odamlarni sharmanda qilyapti. Mana, yaqinda Saida Rametova haqidagi videolar chiqib ketdi. U nima qilgan bo`lsa, shaxsiy ishi, shuni atay tarqatish shartmidi? Yoki boshqa soha vakillari ichida bunday ko`rinishlar yo`qmi, uchramaydi deysizmi? Shaxsan o`zim shunday manzaralarning guvohi bo`lganman. Ular haqida hech kim gapirmaydi-ku. Ammo boshqa tomondan oladigan bo`lsak, san`atkorlar har qalay madaniyat targ`ibotchilari, ulardan yoshlar o`rnak oladi degan tushunchalar ham bor-da... Shu tomonini o`ylaydigan bo`lsam, Saida Rametovani oqlamayman. Birinchi marta eshitganimdayoq bekor qilibdi, degandim. Mayli, ayb Saidada ekan, o`sha videoni telefonlarga tarqatishning nima keragi bor edi? Shaxsan men ba`zi bir videolarni olib kelib ko`rsatishsa, qaragim ham kelmaydi, qiziqmayman. O`sha videolarni tarqatib, odamlarning puli ko`payib qoladimi, tushunmayman. Ularga nima beradi bu? Barchasi ahmoqona o`yindan boshqa narsa emas. Bilasizmi, nafs quliga aylanmagan odamlar bu dunyoda juda kam, o`ntadan bittasigina o`zini tiya olishi mumkin”.
Просмотров (318)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar