Главная » Mustaqillik kuni munosabati bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan mushakbozlik O‘zbekiston – Suriya uchrashuvi tufayli boshqa kunga ko‘chirild
(Ertaga, 1-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligning 25 yilligi munosabati bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan mushakbozlik JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Suriya uchrashuvi tufayli hamda aholining bayram sayillaridan qaytish chog‘ida tirbandliklar oldini olish maqsadida boshqa kunga ko‘chirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.



2016-yilning 1-sentabr kuni Toshkent shahrining 12 ta bog‘ va maydonlarida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari va xalq sayillari bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga, ayni bayram kuni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga saralashning uchinchi doirasida O‘zbekiston va Suriya terma jamoalarining uchrashuvi ham rejalashtirilgan. Mazkur uchrashuv kech soat 20:00 da ‘Bunyodkor’ stadionida boshlanib, unda qariyb 35 mingdan ortiq futbol muxlislarining ishtirok etishini inobatga olgan holda, shuningdek, hamshaharlarimizning bog‘ va maydonlardagi bayram sayillaridan o‘z uylariga qaytishlari chog‘ida avtotransport oqimida tirbandliklarning oldini olish maqsadida, qolaversa, poytaxtimiz keng jamoatchiligi, ayniqsa, nuroniy otaxon va onaxonlar, oqsoqollarning taklif va istaklaridan kelib chiqib, Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayrami munosabati bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan mushakbozlikning boshqa kunga ko‘chirilganini ma’lum qiladi”, – deyiladi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabarida.

Xabarda mushakbozlik qaysi kunga ko‘chigilganiga aniqlik kiritilmagan.
Просмотров (298)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar