Главная » Nasiba Abdullayeva xonanda Shohruxxonni o‘zi uchun qayta kashf qilganini so‘zlab berdi
(

O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva yosh xonandalardan birini o‘zi uchun qayta kashf qilganini aytdi. U xonanda Shohruxxonning “Aldamadim” qo‘shig‘ini maroq bilan tinglayotganini ma’lum qildi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Haqiqatan ham bu qo‘shiqni juda mazza qilib tinglayapman. Ishonsangiz, mashinada Samarqanddan Toshkentga kelgunga qadar qayta-qayta tinglab, Shohruxxonga jo‘r bo‘lib kuylab keldik. Ayniqsa, musiqa qismini eshitganimda ko‘nglim yayradi. Bu qo‘shiqning musiqasida o‘zimga yaqin ohanglarni topganday bo‘ldim. Hamma san’atkorlar bilan salom-alik qilamiz, kuylagan qo‘shiqlarini eshitamiz. Biroq birgina musiqa ikki ijodkorni o‘zi sezmagan holda yaqinlashtirib qo‘yar ekan. “Aldamadim”dan keyin men Shohruxxoni o‘zim uchun qayta kashf qildim.

Nasiba Abdullayeva
Просмотров (444)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar