Главная » Nega meni bunday tarbiyalagansiz, oyi?”. Aktrisa Shahzoda Matchonova uning turmush o‘rtog‘ini muhokama qilayotganlarga javob qaytardi
(

Aktrisa Shahzoda Matchonova shaxsiy hayoti internet foydalanuvchilari tomonidan tinmay muhokama qilinayotganidan charchagan shekilli, Facebook’dagi sahifasi orqali ularga o‘ziga xos javob qaytardi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
Aktrisa 25-noyabr kuni turmushga chiqqan edi. Aktrisa turmush o‘rtog‘i san’atning boshqa yo‘nalishida ishlashini aytgan, biroq boshqa ma’lumotlarni oshkor qilmagan edi. To‘y arafasida tarqatilgan taklifnomalarni kuyovning ismi Omar ekani ma’lum bo‘ldi.

Biroq keyinroq Shahzoda Matchonovaning turmush o‘rtog‘ining ismi aslida Omar emas, balki Muzaffar ekani, u san’at sohasida emas, balki futbolchi sifatida faoliyat yuritishi, ko‘p yillardan beri Turkiyada istiqomat qilishi haqida xabarlar tarqatildi.

Barcha gap-so‘zlarga javoban aktrisa istehzoli javob qaytardi.

“Oyi, qo‘shnimiz kimga uylangani, tanishim kim bilan uchrashishi, haligi klipmeykerning xotini kecha qanaqa kiyimda ekanligi, birovning puli bor-yo‘qligi, men haqimda yomon fikrlaydigan ayolning o‘tmishi nega menga baribir? Nimaga o‘zining sobiq sevgilisi haqida yomon gaplarni gapiradigan odamlar bilan ishim yo‘q?”, — deb yozdi aktrisa.

“Menga kimning nimada yurishi, biror insonning turmush tarzi, uning dini, millati, kasbi umuman qiziq emas, baribir; men hech qachon hech kimni gapirmayman, muhokama qilmayman, oyi… Bu men Xudodan qo‘rqqanim uchunmi yoki siz meni shunday tarbiyalaganmisiz, oyi?”, — deb qo‘shimcha qildi Shahzoda Matchonova.
Просмотров (727)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar