Главная » Nogironligi uchun rafiqasi tashlab ketsa-da, u taslim bo`lmadi
(

Qirg`izistonlik Rohatbek bundan olti yil ilgari mol boqish bilan shug`ullanardi, soppa-sog` yigit baxtsiz hodisa tufayli 1 guruh nogironiga aylandi, deb xabar berdi “Nonbox.ru” nashri.

Usenxo`jaev Rohatbek 1983 yilda Qirg`izistonning At-bashi tumanida dunyoga kelgan. Baxtsiz hodisa tufayli to`shakka mixlanib qolgandan keyin u yangi kasbni egallashni niyat qildi.

Ayni paytda u charmdan qamchi, sumka, hamyon, telefon g`iloflarini, kamar, otning egar-jabduqlarini tayyorlamoqda. U yaratgan sumkalar 15 ming qirg`iz so`mi (200 $ AQSh dollari) deb baholanmoqda. Rohatbek yaratgan buyumlarni asosan xitoylik qirg`izlar sotib olib, dunyoga tarqatmoqda.

“Mol boqib yurganimda, yiqilib tan jarohati oldim, uzoq vaqt to`shakka mixlanib qoldim. Onam juda qiynaldi, nogiron bo`lib qolganimning ikkinchi yili rafiqam tashlab ketdi. Bolalar men bilan qoldi. Onamning ko`z yoshlariga chidolmaganimdan, bolalarimni boqish maqsadida o`zimni qo`lga oldim. Avvaliga qo`l mehnati orqali topgan pullarim faqat oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish uchun etdi. Keyinchalik onamga atab, charmdan sumka tikdim. Qarasam, juda chiroyli chiqdi. Shundan keyin ancha sumka tikdim, ammo ular sotilmadi. Ularni nima qilsam ekan, deb o`ylab turganimda, tumanimizda festival o`tkazildi. Yaratgan sumkalarimni ko`rgazmaga qo`ydim, ular festival ishtirokchilarining e`tiborini tortdi”, deb hikoya qildi Rohatbek.

Hozirda u yaratgan sumkalar 600 dan 15 ming qirg`iz so`miga (10 AQSh dollaridan 200 dollargacha) bo`lgan narxda sotilmoqda. Sumka savdosidan yaxshigina daromad olmoqda.

“Hozircha vrachlar oyoqqa turishim haqida aniq bir xulosaga kelgani yo`q. Ba`zilari tuzalasan, desa, ba`zilari umid yo`q, deydi. Ayni paytda men bu haqda o`ylab, siqilgandan ko`ra, bolalarimning kelajagini ta`minlashim kerakligi haqida ko`proq o`ylayapman...” dedi Rohatbek.
Просмотров (144)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar