Главная » O'zbek estradasi honandasi Ahmadboyga bag'ishlab qo'shiq kuyladi
(

O'zbek estradasi honandasi Murod Manzur Ahmadboyga bag'ishlab qo'shiq kuyladi. Qo'shiqqa ishlangan klip YouTube saytida joylashtirilgan.Klipda osongina pul topish, boyligini bir zumda ko'paytirish maqsadida Ahmadboyga o'z mashinasini topshirgan va ohir-oqibat pand Yeb qolgan qahramonning sarguzashtlari kulgu ostiga olinadi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston hududida moliya piramidasi tashkil etgan, halq orasida "Ahmadboy" deya nom qozongan, noqonuniy valyuta operatsiyalari bilan shug'ullanib kelgan Ahmadjon TursunboYev Toshkent viloyati huquq-tartibot organlari tomonidan qo'lga olindi. U va uning hodimlari aholidan hech qanday kafolat bermagan holda eng kamida 100 foizlik yillik ustama bilan qaytarish sharti bilan milliy va horijiy valyutada pullarni qabul qilib olgan. Yanada aniqrog'i, tomonlar biror kor-hol sodir bo'lgan taqdirda pul topshirayotganlarning yaqinlari ularni qaytarishni talab qilmasligiga kelishgan. Qo'shimcha ravishda, TursunboYev oyiga 40 foizlik ustama bilan horijiy valyutada qarzga pul berish bilan ham shug'ullangan.
Просмотров (123)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar