Главная » O'zbekiston - Eron. Uchrashuv chiptalari ertaga sotuvga chiqadi
(

6 oktyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Eron terma jamoasiga qarshi o'ynaydi.
Mazkur o'yin uchun chiqarilgan chiptalarni 3 oktyabr kunidan boshlab uchrashuv bo'lib o'tadigan "Bunyodkor" stadioniga qarashli kassalardan xarid qilish mumkin. O'yinga chiqarilgan chiptalar 3 toifada bo'lib, 1-toifa chiptalar narxi 25 ming, 2-toifa chiptalar narxi 30 ming hamda CIP toifasidani chiptalar narxi 60 ming so'm qilib belgilangan.

Eslatib o'tamiz, JCH-2018 3-saralash bosqichi A guruhi 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston hamda Eron terma jamoalari o'rtasidagi o'yin 6 oktyabr kuni Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.
Просмотров (69)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar