Главная » O'zbekiston prezidentligi uchun saylov o'tadigan sana ma`lum bo'ldi
(O'zbekistonda prezidentlik saylovi 2016 yilning 4 dekabrida o'tkaziladi. Bu haqda respublika Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug'bek Abdusalomov ma`lum qilgan.Bugun O'zbekiston respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo'lib o'tdi.



"O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 96, 117-moddalari hamda "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida"gi Qonunning 8-moddasiga, "O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to'g'risida"gi Qonunning 5 va 9-moddalariga muvofiq 2016 yil 4 dekabr', yakshanba kunini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni deb belgilash to'g'risida qaror qabul qilindi", — deyilgan habar matnida.Habarda aytilishicha, shu munosabat bilan O'zbekiston respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan joriy yilning 9 sentyabridan O'zbekiston respublikasi prezidenti saylovi bo'yicha saylov kampaniyasi boshlangani e`lon qilingan.Markaziy saylov komissiyasi majlisida O'zbekiston respublikasi prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha asosiy tadbirlar dasturi ham tasdiqlandi.Majlisda saylovga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bilan bog'liq barcha tadbirlar Markaziy saylov komissiyasi, tuziladigan saylov komissiyalari tomonidan ochiq va oshkora, «O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida»gi Qonunga to'liq muvofiq holda amalga oshirilishi ta`kidlandi.Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi O'zbekiston respublikasi prezidenti saylovini yoritish bo'yicha Respublika matbuot markazini tuzish haqida qaror qabul qildi. Matbuot markazi Toshkent shahri, Navoiy ko'chasi, 16-uy manzili bo'yicha joylashgan.Shu kunning o'zida mahalliy va chet el ommaviy ahborot vositalari vakillari uchun brifing o'tkazildi.Shuningdek, Markaziy saylov komissiyasi O'zbekiston respublikasi prezidenti saylovini yoritish bo'yicha respublika matbuot markazini tuzish haqida qaror qabul qilgan.
Просмотров (157)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar