Главная » O'zbekiston Rio Olimpiadasi g'olibligi uchun eng ko'p mukofot va`da qilgan 5 davlatdan biri bo'ldi
(O'zbekiston Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o'yinlarida «oltin» medal olgan sportchi uchun va`da qilingan mukofot puli miqdori bo'yicha "kuchli beshlik" qatoriga kirdi. Turnir g'olibi bo'lgan sportchisi uchun O'zbekistondan faqat Tailand, Ozarbayjon, Qozog'iston va Filippin ko'proq mukofot va`da qilgan.



Olimpiadadan «oltin» medal' bilan qaytgan o'zbekistonlik sportchiga 200 ming dollar beriladi. «Kumush» uchun 100 ming dollar, «bronza» uchun esa 75 ming dollar va`da qilingan. Nashrlar ma`lumotlariga ko'ra, Tailand «oltin» medal' uchun 314 ming dollar, Ozarbayjon 510 ming dollar mukofot beradi. Tailandlik g'olib sportchiga mukofot puli birdaniga berilmaydi, u 20 yil davomida mukofot pulini oyma-oy oladi. Bunday sportchiga 1 300 dollar miqdorida oylik to'lov tayinlanadi.Qozog'istonlik sportchilarga birinchi o'rin uchun 250 ming dollar, ikkinchi va uchinchi o'rinlar uchun mos ravishda 150 va 75 ming dollardan mukofot puli va`da qilingan.Bu borada to'rtinchi o'rindagi filippinliklar esa g'olib sportchi uchun 237 ming dollar va`da qilgan, bu Yerda ham Tailanddagi kabi holat kuzatiladi. O'zbekiston 200 ming dollarlik mukofot bilan beshinchi bo'lib turibdi.Rossiya sportchilarga «oltin» medal' uchun hozirgi kursda 60 ming dollar, hitoyliklar – 50 ming dollar, amerikaliklar – 25 ming dollar va`da qilgan. Nemislar bu borada ohirgi qatorlarda - 19,5 ming dollar, Buyuk Britaniyada esa Olimpiadadagi g'alaba uchun mukofot puli berilishi belgilanmagan.Braziliyadagi 2016 yilgi Olimpiya o'yinlari 5-21 avgust kunlarida o'tkaziladi.
Просмотров (286)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar