Главная » O`zbek aktrisalari olgan ilk gonorarlari qancha bo`lganini ma`lum qilishdi
(

O`zbek kinosida o`z o`rniga ega bo`lgan taniqli aktrisalar faoliyat boshlagan ilk davrda qancha gonorar olishgan.

Mazkur savol bilan Daryo.uz nashri jurnalisti aktrisalarga murojaat qildi. Qizig`i shundaki, ayrim aktrisalarimiz butun boshli filmdagi roli uchun olmagan gonorarini ayrim hamkasblari birgina klipda ishlashgan.

Aktrisa Jamila G`ofurova

Adashmasam, 2012 yili «Dilxiroj» nomli filmdagi rolim uchun bugungi kun holatiga ko`ra taxminan 400 ming so`mga teng birinchi gonorarimni olganman.

Aktrisa Sevara Solieva

2009 yilda suratga olingan «Poyma-poy» nomli filmdagi rolim uchun 800 ming so`m atrofida gonorar olganman.

Aktrisa Zuhra Solieva

2007 yilda suratga olingan «Boyvachcha» filmidagi ijroim uchun 50 ming so`m gonorar olganim yodimda…

Aktrisa Nargiza Abdullaeva

1998 yilda «Charxpalak» serialidagi rolim uchun 300 ming so`m gonorar olganman.

Aktrisa Sitora Alimjonova

Birinchi o`ynagan filmimdan olgan gonorarim esimda yo`q. 2012 yilda suratga olingan «Koreyalik kelin» nomli filmdagi rolim uchun esa 2,5 million so`mga yaqin gonorar olganman — bu faoliyatimdagi ikkinchi kino edi.

Aktrisa Shahlo Temirova

Xonanda Ulug`bek Rahmatullaevning «Chaqaloqlar» qo`shig`iga ishlangan klipda suratga tushganim uchun 2 million so`mga yaqin gonorar olganman.
Просмотров (58)
Mне нравится 0

Всего комментариев: 0
avatar